12-13 aprel kunlari an’anaviy «BankExpo-2017» bank xizmatlari

2017-04-07 00:00:00

An’anaga ko‘ra 2008 yildan boshlab O‘zbekistonda an’anaviy BankExpo bank xizmatlari, texnologiyalari va uskunalari milliy ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ko‘magida, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Ushbu ko‘rgazma o‘z faoliyati davomida respublika bank-moliya tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirish sohasida muhim tadbirga aylandi. U O‘zbekiston bank sektori ishtirokchilari o‘rtasida samarali muloqotni tashkil etish imkoniyatini taqdim qildi, Mustaqillik yillarida mazkur sohada erishilgan sezilarli yutuqlarni yaqqol namoyish etdi.

Shu qatorida bizning kompaniya “O‘zmeliomashlizing” «BankExpo-2017»  qatnashmoqda.

Manba: kompaniya yangiliklari.