8 - mart Halqaro Xotin - qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

2017-03-07 00:00:00

“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi go‘zal ayollarimizni yaqinlashib kelayotgan go‘zal bahor faslining ilk bayrami 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizlarga sog‘lik, oilangizga tinchlik, xotirjamlik, dasturxoningizga to‘kinlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Hamisha sizni bahoriy kayfiyat, go‘zallik tark etmasin.

Siz ayolsiz, shirin so‘zli, muloyim.

Latofatni bergan sizga xudoyim.

Yuzingizdan oy ham boqib uyalar.

Zuhro yulduz xavas bilan mo‘ralar

Muhabbatda sadoqatli, xayoli.

Muqaddassiz o‘zbek qizi ayoli.

Siz ayolsiz, Momo Xavo naslidan.

Ochilasiz kelsa bahor faslidan

Ishq bog‘ida yigitlarning xayoli.

Muqaddassiz o‘zbek qizi ayoli.

Sizga ochiq jannatning ham eshigi.

Qo‘lingizda baxtli hayot beshigi.

Alla aytib mehr ila boqasiz.

Murg‘ak qalbga oq sut bo‘lib oqasiz.

Dardga malham bo‘lgan mehri giyoli.

Muqaddassiz o‘zbek qizi ayoli