Ustoz va murabbiylar kuni bilan Tabriklaymiz!

2016-10-03 00:00:00

O'qituvchi – mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, og'ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan.

Ustoz o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradi. shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Mashhur insonlarning aynan yuqori cho'qqilarga erishishlari ham ustozlarning beqiyos zahmatidir. Mazkur kasb azal-azaldan jamiyat uchun eng muhim hamda kerakli qadimiy kasb hisoblanadi.Vladimir Dal o'zining izohli lug'atida yozadi: “Bilim xohish istakni talab etadi”. Avvalambor, o'qituvchi o'z kasbini sevishi, o'quvchilarning har biriga mehr qo'yishi, bor bilimu korlarini hech qizg'anmay bolalarga o'rgatishi kerak. Kasbga muhabbat birinchi o'rinda turishi lozim. Shundagina o'qituvchi degan oliy maqomga ega bo'ladi.

O'qituvchi zimmasiga hayot talablariga to'la javob beradigan va o'z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o'z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o'qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o'quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to'ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.

O'qituvchi bog'bonga o'xshaydi. U tarbiyalab o'stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O'qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.

Aziz ustozlar! Bayramingiz muborak bo'lsin!

Kompaniya matbuot xizmati