Texnologiya foydalanish

2016-02-05 00:00:00

Texnologiya foydalanish ustidan nazorat qilish sohasida yangi xizmat turlari

"O'zmeliomashlizng" davlat lizing kompaniyasi ayni paytda
o'z mijozlariga ularning foydalanishida bo'lgan texnikalarning
ishlagan vaqtini hisoblashni optimallashtirish uchun yangi xizmat
turini joriy etmoqda.
Ushbu xizmat turining mohiyati shundaki, endi kompaniya
xodimlari mijozlarning rasmiy murojaatlariga ko'ra ularga
GPS-monitoring natijasida olingan texnikadan foydalanish
grafigining nusxasini yoki elektron shakldagi nusxasini taqdim
qilishi, shuningdek texnikalarning turib qolishi vaqtini
qisqartirish, yonilg'i samaradorligini oshirish hamda texnik resurslar,
qismlar va agregatlardan oqilona foydalanish borasida o'z
maslahatlarini berishi mumkin.