Bolajonlar kuni

2019-06-01 00:00:00

1 iyun –Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Ushbu sana eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Donishmandlardan biri “Millatning kelajagini bolalariga qarab anglash mumkin”, degan edi. Bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib yetishishida muhim omil hisoblanadi. Ular kelajak bunyodkorlaridir.
Shunday ekan, ezgu maqsadlar yo‘lida har bir farzand qalbida vatanparvarlik, ezgulik, or-nomus, iymon-e’tiqod, ruhiy poklik va milliy qadriyatlarga hurmat kabi fazilatlarni joylash har birimizning insoniy burchimizga aylanmog‘i darkor.
 

Bolajonlarimiz yuzlaridan tabassum arimasin, tani- jonlari sog‘, umrlari uzoq, kelajaklari porloq bo‘lsin!