Xorijiy hamkorlik

2018-08-13 00:00:00

Xorijiy yetkazib beruvchilar bilan xalqaro hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish doirasida "O'zbekmeliomashlizing" DUK va "KRANEKS" kompaniyasi o'rtasida Xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va boshqa mablag'lar hisobidan, xususan, Rossiyaning "Roseksimbank"AJ eksport-import banki mablag'lari hisobidan, "KRANEKS" mashinasozlik guruhi ekskavatorlarini sotib olish" bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.