Savol va Javoblar

Savol:Lizing nima?
Javob

Lizing (moliyaviy ijara) - bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi taraf (lizing oluvchi)ning topshirig‘iga asosan uchinchi taraf (sotuvchi)dan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulk (lizing ob’ekti)ni mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi.