Savol va Javoblar

Savol:Lizing foizi stavkasi qanchani tashkil etadi?
Javob

Davlat dasturida belgilangan loyihalar qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan berilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida moliyalashtiriladi.
Kompaniya o‘z mablag‘lari, boshqa jalb etilgan mablag‘lar yoki qonunchilikda ta’qiqlanmagan yo‘llar bilan olingan boshqa manba mablag‘lari hisobiga ko‘rsatiladigan lizing xizmatlari stavkasi - lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasida imzolangan lizing shartnomasi asosida belgilanadi.
Lizing to‘lovi va uni hisob-kitob qilish tartibi
Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga teng taqsimlanadi va oylik to‘lovlar to‘lov grafigi asosida to‘lab beriladi.